Italiya vaziri: Chet ellik tilimizni bilmasa, sinfga kirmaydi
Italiya ta’lim va fan vaziri Juzeppe Valditara "Corriere della Sera" gazetasiga bergan intervyusida hukumatning chet ellik o‘quvchilar uchun ta’lim berish tizimi bilan bog‘liq qarori loyihasi haqida fikr bildirgan.
– Oxirgi bir necha oy ichida shu masala bo‘yicha ishlayapmiz, – degan u. – Italyan tilini bilish asosiy omil bo‘lib qoladi. Qoida qay tartibda qo‘llanishini aniqlash uchun odil mezon mavjud. Cheklov bolalar bog‘chasiga qatnab boshlang‘ich sinfga kirgan yoki maktabda bir necha yil muvaffaqiyatli tahsil olgan o‘quvchilarga nisbatan qo‘llanmaydi. Zero, bunday bolalar tilimizni muayyan darajada o‘zlashtirgan, deb hisoblash mumkin. Me’yor Yevropa pasportiga ega talabalarga ham tatbiq etiladi.
Hozir italyan tilini bilmaydiganlar jami xorijlik yoshlarning taxminan uchdan birini tashkil etadi. Ayrim joylar, masalan yirik shaharlarning ba’zi tumanlarida migrantlar to‘planishi darajasi bir xil emas. Hududiy maktab boshqarmalariga muvofiqlashtiruvchi maqomi beriladi. Ya’ni, ortiqcha o‘quvchi yaqin atrofdagi boshqa maktabga ko‘chirilishi mumkin. Xullas, aniq tashkiliy ish ko‘zda tutilgan.
Til bilgan elni taniydi. Yashab turgan davlatining qonuniga itoat etib, an’ana va qadriyatini hurmat qilish yaxshi. Italiya ta’limidagi bunday talab va qoida insonning erkin bilim olish imkoniyatini oshirishga qaratilgan.
Abdug‘afur Mamatov, O‘zA