Zelenskiy: “Drujba” qayta ishga tushadi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya neftini Yevropaga yetkazib beradigan “Drujba” quvuri aprel oyi oxirigacha qayta ishga tushishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda ta’mirlash ishlari yakuniga yetayotgan bo‘lib, tizim yaqin kunlarda to‘liq faoliyatni qayta tiklaydi.
Mazkur quvur yanvar oyida Rossiya droni hujumi oqibatida shikastlangan edi. Shu sabab Vengriya va Slovakiya kabi davlatlar RF neftidan vaqtincha uzilib qoldi. Bu esa mintaqada energiya ta’minotiga jiddiy bosim o‘tkazdi.
Vengriyadagi yangi siyosiy rahbar Piter Madyar quvur imkon qadar tezroq ishga tushirilishini talab qildi. Ilgari hukumat va ayrim Yevropa davlatlari Kiyevni ta’mir ishlarini kechiktirishda ayblagan, ammo Ukraina bu da’volarni rad etgan.
Ekspertlar fikricha, “Drujba” quvurining qayta ishga tushishi Yevropa energiya bozori uchun muhim ahamiyatga ega. Bu nafaqat neft ta’minotini barqarorlashtiradi, balki narxlar bosimini ham ma’lum darajada yumshatishi mumkin.
Musulmon Ziyo, O‘zA