Pashinyan: qo‘shnilar bilan yaqinlashuv tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishi
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning ta’kidlashicha, qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarni yaxshilash mamlakatning muvozanatli tashqi siyosatida muhim rol o‘ynaydi.
U shuningdek, Yerevan mintaqalashtirishni amalga oshirish uchun “3+3” formatini yanada rivojlantirishga katta ahamiyat berishini va bunga hissa qo‘shishga tayyorligini ta’kidladi. Qolaversa, Pashinyan Saudiya Arabistoni va Pokiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatish muhimligini e’tirof etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu soha 2026-2031-yillarda yangi turtki oladi.
Bundan tashqari, bosh vazir Armaniston KXSHTda faol ishlarni qayta tiklash uchun choralar ko‘rmaydi, dedi. Pashinyan hukmron partiyaning saylovoldi platformasiga kiritilgan ko‘p tomonlama formatli hamkorlik to‘g‘risidagi qoidalarni taqdim etar ekan, shu haqda ma’lum qildi.
– Armaniston BMT va uning ixtisoslashgan organlari, Yevropa Kengashi, YXHT, MDH, Frankofoniya xalqaro tashkiloti va Yevropa siyosiy hamjamiyatining faol a’zosi bo‘lib qolaveradi, - dedi u o‘lkaning boshqa ko‘p tomonlama formatlardagi ishtiroki haqida gapirar ekan. - Armaniston, shuningdek, AQSH prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan tashkil etilgan Tinchlik Kengashiga a’zo bo‘ldi va o‘z ishini ushbu formatda davom ettiradi.
S.Rahimov, O‘zA