Yozgi ta’tilning zavqli onlari
FOTOREPORTAJ
Xorazm viloyati Shovot tumanida joylashgan “Gulshan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida yozgi dam olish mavsumiga start berildi.
Oromgohda bolalarning mazmunli hordiq chiqarishi, jismonan va ma’nan chiniqishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Bu yerda sport musobaqalari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, intellektual o‘yinlar, shaxmat-shashka bellashuvlari, turli fan va qiziqishlar bo‘yicha to‘garaklar tashkil etilgan. Shuningdek, kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida kutubxona faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan.
[gallery-29914]
Mavsumning birinchi navbatida 80 nafar o‘g‘il-qiz dam olmoqda. Ular orasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumanidan kelgan 25 nafar bola ham bor. Dam oluvchilar uchun qiziqarli tanlovlar, sport musobaqalari va ko‘ngilochar dasturlar tashkil etilib, yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mutasaddilarning ta’kidlashicha, oromgohda bolalarning xavfsizligi va sog‘lig‘ini muhofaza qilish masalalari doimiy e’tibor markazida bo‘lib, ularning har tomonlama dam olishi va yangi do‘stlar orttirishi uchun qulay muhit yaratilgan.
Behzod SAIDOV(surat),O‘zA