Muzeylararo 90 kun ekskursiyalar loyihasi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida
“Muzeylararo 90 kun” loyihasi doirasida O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida navbatdagi ekskursiya tashkil etildi. Mazkur loyiha bolalar va yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etish, aholi o‘rtasida Vatanimiz tarixini chuqur o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy va madaniy merosini keng targ‘ib etish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Ekskursiyada ta’lim muassasalari hamda mahallalardan tashrif buyurgan ishtirokchilar muzey ekspozitsiyalari bilan yaqindan tanishdilar. Ularga O‘zbekiston hududida qadimdan shakllangan sivilizatsiyalar, davlatchilik tarixi, milliy madaniyat va xalqimizning boy tarixiy merosiga oid eksponatlar haqida ma’lumotlar berildi.
Tashrif davomida ishtirokchilar muzey fondida saqlanayotgan noyob ashyolar va tarixiy yodgorliklar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ekskursiya yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmat ruhini yuksaltirish va madaniy-ma’rifiy bilimlarini boyitishga xizmat qildi.
Ma’lumot uchun, “Muzeylararo 90 kun” loyihasi doirasida davlat va nodavlat ta’lim muassasalari, mahalla fuqarolar yig‘inlari hamda turli tashkilotlar muzeylar bilan hamkorlikda ekskursiya guruhlarini shakllantirib, muzeylarga jamoaviy tashriflarni tashkil etishlari mumkin.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/MkSr1HqCQac?si=04xMUl2imw4pOEh_" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Mehrojiddin Umurzaqov, Doniyor Yakubov, Iskandar Ismatov, O‘zA