Yoshlar uchun sayyor qabul tashkil etildi
Poytaxtimizda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning muammolari va takliflarini bevosita o‘rganish maqsadida Toshkent shahar Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i tomonidan navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Xususan, mutasaddilar tomonidan yoshlarning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, madaniyatini yuksaltirish borasidagi dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Ochiq muloqot davomida yoshlar tomonidan ta’lim kontrakti, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, imtiyozli kreditlar, bandlik hamda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish kabi masalalar yuzasidan murojaat va takliflar bildirildi.
Sayyor qabul davomida ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal etildi, muddat talab etadigan masalalar esa alohida ro‘yxatga olinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar mas’ullari biriktirildi hamda ijrosi doimiy nazoratga olindi.
G.Boboyeva, O‘zA