Yoshlar – taraqqiyot tayanchi
Joriy yilning 24-fevral kuni Prezidentimiz yoshlar bilan muloqotda yurtimizdagi 22 milliondan ziyod yoshlarimiz juda katta iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuch ekanini ta’kidladi.
Shu bois yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ular bilan samarali ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Payshanba “Yoshlar kuni” doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi boshlig‘i Zafarjon Turdaliyev tomonidan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda Qoraqalpoq davlat universiteti yuridik fakulteti talabalari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida talabalarga bojxona tizimining mazmun-mohiyati, uning mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni, shuningdek, fuqarolar manfaatlarini himoya qilishdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Sohaga qiziqish bildirgan yoshlarning savollariga atroflicha javob berilib, bojxona organlarida xizmat qilish tartibi tushuntirildi.

Shuningdek, talabalarning bojxona organlarida amaliyot o‘tashini samarali tashkil etish, ularning ilg‘or g‘oyalari, loyihalari va startaplarini qo‘llab-quvvatlash masalalari ham muhokama qilindi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.