Yoshlar bandligi taʼminlanmoqda
Taʼkidlash joiz, ayni paytda tumanda mazkur yoʻnalishda jami 300 nafarga yaqin yoshlarning bandligi taʼminlangan.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanida ishsiz yoshlarning bandligini taʼminlash, yerdan unumli foydalanib, daromad olishga sharoit yaratib berish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
“Moʻynoq kelajagi bunyodkorlari” masʼuliyati cheklangan jamiyati qishloq xoʻjaligi sohasiga ixtisoslashgan boʻlib, yoshlarni ish oʻrinlari bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan. Xususan, boʻsh turgan yer uchastkalari va zaxira yerlar hisobidan ajratilgan 5 ming gektar yerda sabzavot, poliz va chorva mollari uchun ozuqabop ekinlarni yetishtirish yoʻlga qoʻyilib, yoshlarning ishsizlik muammosi bartaraf etilmoqda.
Taʼkidlash joiz, ayni paytda tumanda mazkur yoʻnalishda jami 300 nafarga yaqin yoshlarning bandligi taʼminlangan. Ular asosan, ijarachi dehqon, suvchi, traktorchi, avtotransport vositalari haydovchisi, veterinar, zootexnik kabi kasblarda faoliyat yuritmoqda.