“Yil kanali” nominatsiyasi g‘oliblari taqdirlandi
«O‘zbekiston yoshlari forumi —2021» doirasida Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida “YouTube O’zbekiston” loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Unda “Yil kanali” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, YouTube platformasidagi eng mashhur loyiha mualliflariga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Jumladan, “Sub’ektiv” loyihasi muallifi Jamshidxon Ziyoxonov, “Amirxonoff” loyihasi maullifi Amirxon Umarov, “IntervyuTV” loyihasi muallifi Feruz Muhammad, “Davronbek Turdiyev” kanali asoschisi Davronbek Turdiyev, “Paka Pak” loyihasi muallifi Umid G‘ofurov, “Oybek Raimberdiyev” kanali asoschisi Oybek Raimberdiyev, “Teacher Azam” loyihasi muallifi Mira’zam Qahramonov hamda “Osmondagi bolalar” loyihasi muallifi Temurbek Adhamov munosib taqdirlandi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA