Yevropaliklar Tramp davrida AQSHni Xitoydan ko‘ra ko‘proq tahdid deb bilishadi
“Politico Pulse” nashri Yevropa Ittifoqining eng yirik 6 davlatida o‘tkazgan so‘roviga ko‘ra, Prezident Tramp davrida AQSH ittifoqchidan ko‘ra ko‘proq tahdid sifatida qabul qilinmoqda.
Polsha, Ispaniya, Belgiya, Fransiya, Germaniya va Italiyada AQSHni respondentlarning atigi 12 foizi yaqin ittifoqchi deb atagan, 36 foizi esa tahdid sifatida ko‘rgan. So‘rovnomada qatnashganlarning atigi 29 foizi Xitoyni tahdid deb biladi, 70 foizi esa Rossiyaga tahdid sifatida qaraydi.
Respondentlarning 86 foizi Yevropa mudofaa qobiliyatini rivojlantirishi zarurligini ta’kidlagan. Bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, Polsha va Belgiyada (95 foiz) hamda Germaniyada (89 foiz) kuchli.
S.Rahimov, O‘zA