Yevropada kiber hujum sabab, tonnalab oziq-ovqat çiqindiga taşlandi
Yevropaning bir neçta mamlakatidagi supermarketlar muzlatkiç tizimiga uyuştirilgan xakerlik hujumi oqibatida yirik miqdordagi oziq-ovqat mahsuloti yaroqsiz holga keldi va çiqindiga taşlandi. Bu haqda “The Times of India” xabar bergan.
Hujumçilar sovutgiç va muzlatgiçlar haroratini masofadan turib oşirgan. Baʼzi manbalarga köra, Belgiyadagi mahsulot saqlagiçlarda harorat çamasi 70 daraja issiqqaça kötarilgan. Oqibatda “Delhaize” va “Carrefour”, şuningdek Şvetsiyadagi ICA va “Coop”, Irlandiyadagi “Super Valu” hamda Estoniyadagi bir neça yirik savdo tarmoği jiddiy zarar körgan. Masalan, “Super Valu”ning 13, “Delhaize”ning 40 va “Carrefour”ning 15 dökonida muammo yuzaga kelgan.
Dastlabki hisobga köra, “Delhaize” brendiga tegişli faqat birgina dökondan çiqindiga taşlangan mahsulot qiymati 100 000 yevroga teng. Jabrlangan barça majmualar böyiça umumiy zarar miqdori bir neça million yevroga yetadi.
Yevropa Komissiyasi qişloq xöjaligi va oziq-ovqat böyiça komissari Kristof Xansen uşbu hodisani YEI oziq-ovqat taʼminotini izdan çiqariş va isteʼmolçilar işonçini söndirişga qaratilgan qasd, deya baholadi. U hozir oziq-ovqat xavfsizligiga bevosita tahdid yöqligi, ammo isrof bölgan mahsulot miqdori juda köpligi, biznesga yetkazilgan zarar öta jiddiy ekanini taʼkidladi.
F.Yaxşiboyeva, ÖzA