Britaniyada qoliş oson emas: migrantlar uçun yangi sinov
Buyuk Britaniya hukumati mamlakatda doimiy yaşaş huquqini oliş şartini kuçaytirmoqda. Yangi tartibga köra, aksar xorijlik işçilar bunday imtiyozni qölga kiritiş uçun endi 5 yil emas, 10 yil kutadi. Yuqori daromadli mutaxassislar 3 yil, şifokor, hamşira, öqituvçi kabi ayrim muhim davlat xizmati xodimlari esa 5 yildan söng ariza topşirişi mumkin. Ijtimoiy parvariş sohasida işlovçilar uçun amaldagi 5 yillik talab saqlab qolinadi.
Migratsiya talabini buzganlar esa doimiy yaşaş huquqini oliş uçun 20 yil kutişga majbur. Mamlakatga kiçik qayiqda yoki yaşirin yöl bilan kirganlar uçun qöşimça ön yillik muddat belgilanadi. Qonuniy kelgan qoçqinlar 5 yildan keyin ariza beriş huquqiga ega. Ayni özgariş kelasi yildan kuçga kirişi kutilyapti. Amalda doimiy yaşaş maqomiga ega şaxslarga yangi tartib taʼsir qilmaydi.
Içki işlar vaziri Şabona Mahmud doimiy yaşaş huquqi faqat mamlakatda ötkazilgan vaqt emas, balki şaxsning mehnati, jamiyatga qöşgan hissasi va qonunga rioya qiliş darajasiga ham boğliqligini taʼkidladi. Hukumat qarorni migratsiya tizimini tartibga soliş çorasi sifatida izohlamoqda. Boş vazir Endi Byornem esa Breksitdan keyin mamlakat immigratsiya nazoratini yöqotganini qayd etib, mazkur taşabbusni qöllab-quvvatladi.
Musulmon Ziyo, ÖzA