Yevropa xavfsizlik missiyasiga tayyorgarlik körmoqda
Yevropaning 10 davlati Ukrainada uruş töxtagandan keyin amalga oşirilişi rejalaştirilgan xavfsizlik missiyasiga tayyorgarlikni boşlayapti. 9-22-noyabr kunlari Polşada 2 800 harbiy iştirokida “Koalitsiya” nomli ilk yirik maşq ötkaziladi. Fransiya va Buyuk Britaniya boşçiligidagi köp millatli kuçlar faqat özaro öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga erişilgandan keyingina Ukrainaga joylaştirilişi mumkin.
2025-yil tuzilgan, qarorgohi Parijda faoliyat yuritayotgan NATO tarkibiga kirmaydigan bu kuçlarning vazifasi hujumkor amaliyot ötkaziş emas, balki Ukraina Qurolli kuçlarini qöllab-quvvatlaş, mamlakat havo hududi xavfsizligini taʼminlaş va Qora dengizda iqtisodiy faoliyatni tiklaşga kömaklaşişdan iborat. Maşğulotda Fransiya 1 100, Buyuk Britaniya 300 harbiy bilan qatnaşadi. Tadbirga Belgiya, Estoniya, Germaniya, Litva, Niderlandiya, Polşa, Ispaniya va Şvetsiya ham askar yuboradi.
Maşq davomida quruqlik va havodagi harakat, qöşinni joylaştiriş, taʼminot hamda turli davlatlar harbiy bölinmalari hamkorligi sinovdan ötadi. Turkiya esa Istanbuldan turib, Qora dengizda ehtimoliy mina tozalaş amaliyotlariga tayyorgarlikni modellaştiradi. Maşqlarda asosan dronlar va yengil jihozlardan foydalaniş, oğir qurollar hamda tanklarni jalb etmaslik rejalaştirilgan. Harbiy rahbarlar bu kuçlar tinçlikparvar yoki öt oçişni töxtatiş kelişuvini nazorat qiluvçi missiya emasligini taʼkidlamoqda. Şunga qaramay, Moskva Yevropa davlatlarining uşbu tayyorgarligini diqqat bilan kuzatişi kutilmoqda.
Musulmon Ziyo, ÖzA