Yerga yaqin asteroidlar soni ma’lum qilindi
Olimlar bugungi kunga qadar sayyoramizga yaqin taxminan 40 mingta asteroidni kashf etishdi, dedi Rossiya Fanlar akademiyasining Amaliy astronomiya instituti katta ilmiy xodimi Nikolay Jeleznov "RIA Novosti" nashriga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yerga yaqin asteroidlar turli o‘lchamlarda bo‘ladi. Eng kattalarining diametri bir kilometrdan oshadi.
- Bundan tashqari, sayyoramizga yaqin “NEA” deb nomlanuvchi asteroidlar guruhi mavjud, -deydi olim. - Ular orasida Yerga kamida bir marta yaqinlashgan yoki unga 7,5 million kilometrdan oshmaydigan masofada yaqinlashadigan potensial xavfli ob’ektlar ham bor.
S.Rahimov, O‘zA