Zelenskiy - Mers uchrashuvi: yordam, urush va kelajak masalalari (+video)
Vladimir Zelenskiy 14-aprel kuni Berlinga tashrif buyurib, Germaniya kansleri Fridrix Mers bilan uchrashdi. Germaniya poytaxtida Germaniya–Ukraina hukumatlararo maslahatlashuvlari ham bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar berdi DW nashri.
Ukraina delegatsiyasi tarkibida bir qator vazirlar ham ishtirok etmoqda. Muzokaralarda asosiy e’tibor Ukrainaga moliyaviy va harbiy yordamni davom ettirish, mamlakatni qayta tiklash va urush tufayli chet elga chiqib ketishga majbur bo‘lgan fuqarolarni qaytarish masalalariga qaratilgan.
Tomonlar uchun eng nozik mavzulardan biri, harbiy xizmat yoshidagi ukrainalik erkaklarning - qaytish, majburiyat va huquqiy cheklovlar masalalari muhokama qilinadi.
Shuningdek, muzokaralar yakunida bir nechta kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda, shundan so‘ng Mers va Zelenskiy qo‘shma matbuot anjumani o‘tkazadi. Muzokaralar natijalariga shu anjuman doirasida aniqlik kiritiladi.
Germaniya Rossiya – Ukraina urushi boshlanganidan beri Kiyevga 55 milliard yevro miqdorida harbiy yordam ko‘rsatgan. 2026-yil yana 11,5 milliard yevro ajratish rejalashtirilgan.
Kunning ikkinchi yarmida Zelenskiy Norvegiyaga jo‘nab ketishi kutilmoqda.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/CXdf8TWiUaM" title="Zelenskiy - Mers uchrashuvi: yordam, urush va kelajak masalalari" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Salimjon Obidjonov, O‘zA