“Yashil innovatsiyalar” tanlovining hududiy bosqichlari o‘z nihoyasiga yetdi
Mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash, ilg‘or g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda yashil iqtisodiyot tamoyillarini keng joriy etish maqsadida “Yashil tashabbuslar jamg‘armasi” tomonidan tashkil etilgan “Yashil innovatsiyalar” ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichlari bo‘lib o‘tdi.
Ushbu ekologik loyihaga respublikamizning 14 ta hududidan jami 420 ta ariza kelib tushdi. Taqdim etilgan g‘oyalar ekspertlar tomonidan dolzarblik, samaradorlik va amaliy ahamiyat mezonlari asosida atroflicha baholanib, eng kuchli 85 ta innovatsion loyiha respublika bosqichiga saralab olindi.

Saralangan loyihalar asosan atrof-muhitni muhofaza qilish, resurslardan samarali foydalanish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda iqlim o‘zgarishiga moslashuv choralarini ishlab chiqish kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan.


Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha bellashib yuqori natijalarga erishgan yoshlar tanlovning hal qiluvchi respublika bosqichiga yo‘llanma olgan.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA