Yaqin Sharq: agar urush davom etsa...
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzilmasi – Jahon oziq-ovqat dasturi mas’ullari fikricha, "Yaqin Sharqda urush to‘xtamasa, Eronda ochlikdan aziyat chekayotgan odamlar soni yozgacha 45 millionga yetishi mumkin.
Muassasa hisobotida oziq-ovqat, neft va transport narxi ko‘tarilishi global oziq-ovqat xavfsizligini sezilarli darajada kuchaytirishiga e’tibor qaratilgan.Oqibatda butun dunyo bo‘ylab o‘ta ocharchilikdan qiynalayotganlar rekord darajadagi 319 milliondan oshadi.
Jahon oziq-ovqat dasturi dunyodagi eng yirik gumanitar tashkilot bo‘lib, yiliga taxminan 4 million tonna oziq-ovqat yetkazib beradi. Tuzilma 1961-yil BMT tarkibidagi agentlik shaklida faoliyat boshlagan.
S.Rahimov, O‘zA