Xitoy mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun volfram eksportini chekladi
Xitoy gaz aralashmasi hosil qilish uchun ishlatiladigan volfram ishlab chiqarish bo‘yicha global miqdorning 80 foizdan ko‘pini nazorat qiladi. Yaqinda ushbu davlat AQSH sanksiyasiga javoban, mazkur metall xom ashyosiga keskin eksport cheklovi joriy qila boshladi.
Ta’kidlash joiz, o‘ta toza gaz mitti elektronikasi sohasi uchun juda muhim unsur hisoblangan volfram kimyoviy bug‘ni cho‘ktirish jarayonida chip ulamasi va qatlami yaratish uchun ishlatiladi. Bu metallsiz ko‘z ilg‘amaydigan darajada yupqa texnologiya va 200 dan ziyod qatlamli “3D NAND” xotira miyasi joylashtiriladigan zamonaviy mantiqiy chip ishlab chiqarish, deyarli, imkonsiz.
Qolaversa, Chin o‘lkasining o‘zida ham iste’mol talabi muntazam oshyapti. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar sun’iy intellekt rivoji tufayli yuzaga kelayotgan global tanqislikni yumshatish uchun faol ravishda xotira chipi ishlab chiqarishni ko‘paytirmoqda. Chip loyihasi qanchalik murakkablashsa, mahsulotni yaratish uchun shuncha ko‘p volfram geksafloridi talab qilinadi. Shu bois XXR kimyo sanoatida iloji boricha tezroq texnologiya mustaqilligiga erishishni maqsad qilgan. Allaqachon mamlakatning ushbu gaz bo‘yicha o‘zini o‘zi ta’minlash darajasi 65 foizdan oshgan.
“Trend Force” agentligi yozishicha, Chin davlatining bunday siyosati narxni keskin oshirib, global yarim o‘tkazgich bozorida yangi qiymat muammosini keltirib chiqardi. Bu vaziyatdan Yaponiya va Janubiy Koreya ham foydalanib qolishga urinmoqda. So‘nggi ma’lumotga ko‘ra, 2026-yil boshidan ushbu ikki mamlakatning eng yirik yetkazib beruvchilari volfram geksafloridi narxini 70-90 foiz oshirgan.
S.Rahimov, O‘zA