Yaponiya samolyotlarda ko‘chma quvvatlovchi qurilmalardan foydalanishni taqiqladi
Yo‘lovchilarga qo‘l yukida ikkitadan ortiq ko‘chma quvvatlovchi (powerbank) qurilmani olib yurishga ruxsat beriladi, ammo ulardan parvoz paytida foydalanish taqiqlanadi, deb xabar bermoqda "Japan Today" nashri.
Ta’kidlanishicha, o‘lkada yangi qoida joriy yil 24-apreldan kuchga kiradi. Ushbu choralar mamlakatda yaqinda bo‘lib o‘tgan Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishidan so‘ng e’lon qilindi, unda Yaponiya transport vaziri Tetsuo Kaneko mobil batareyalardan tutun yoki yong‘in chiqishi holatlarining takrorlanishiga javoban qat’iyroq choralarni belgilab berdi.
Rasmiylar yo‘lovchilarga elektron qurilmalarini uchoq bortida yoki aeroportlarda mavjud bo‘lgan simli quvvatlagichlar orqali quvvatlashni qat’iy tavsiya qilmoqda.
G.Sattorova, O‘zA