“Yangi O‘zbekiston” universitetiga kirish imtihonlari muvaffaqiyatli yakunlandi
“Yangi O‘zbekiston” universitetining 2026/2027 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari respublika bo‘ylab 13 ta hududda, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida bir vaqtning o‘zida muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Kirish imtihonlarida 1 ming 402 nafar abituriyent ishtirok etdi.
Soat 12:00 da barcha hududlarda bir vaqtda boshlangan imtihonlar abituriyentlarga yashash hududiga yaqin joyda imtihon topshirish imkoniyatini yaratish, shuningdek, qabul jarayonining ochiqligi, shaffofligi va qulayligini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
[gallery-30122]
Kirish imtihonlari hamma hududlarda yagona tartib va belgilangan baholash mezonlari asosida o‘tkazildi. Jarayonning adolatli, shaffof va tartibli tashkil etilishi uchun barcha zarur tashkiliy choralar ko‘rildi.
“Yangi O‘zbekiston” universiteti uchun qabul jarayonining bir vaqtning o‘zida mamlakatning turli hududlarida tashkil etilishi iqtidorli yoshlar uchun teng imkoniyatlar yaratish, ularning oliy ta’limga kirishdagi qulayligini oshirish hamda eng munosib nomzodlarni saralab olishga xizmat qilmoqda.
N.Usmonova, Farhod Abdurasulov (surat), O‘zA muxbirlari