Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan yoshlarimiz safi kengayib bormoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
— Bugun o‘zining bilimi, iste’dodi, tashabbuskorligi va fidoyiligi bilan Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan yoshlarimiz safi kengayib borayotgani barchamizni xursand qiladi, — dedi davlatimiz rahbari.
Kecha Prezidentimiz mana shunday o‘g‘il-qizlarimizdan bir guruhini “Kelajak bunyodkori” medali va “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash haqidagi farmon va qarorni imzoladi.
Bugun ushbu mukofotlar o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi.
— Butun xalqimiz nomidan bugungi davlat mukofotlari sohiblarini yana bir bor tabriklayman. Mazkur yuksak e’tirof sizlarni yangi marralar sari yetaklasin! Safingiz yanada kengayaversin! – dedi Prezidentimiz.
O‘zA