O‘zbekiston va Belarus: amaliy hamkorlik izchil davom ettiriladi
Oliy Majlis Senatiga Belarus Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Aleksandr Ogorodnikov tashrif buyurdi.
Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alisher A’zamxo‘jayev bilan uchrashuvda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar – parlamentlararo hamkorlikni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va turizm sohalaridagi aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zaro tashriflar va qo‘shma tadbirlarni davom ettirish, shuningdek, xalqaro parlament maydonlaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.
Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va strategik sheriklikni mustahkamlash, parlamentlararo muloqotni kengaytirish hamda ikki va ko‘p tomonlama formatlardagi amaliy hamkorlikni izchil davom ettirishga tayyorligini bildirdi.
N.Abduraimova, O‘zA