Yamal Isroil rasmiylari g‘azabiga uchradi
“Barcelona” klubi va Ispaniya terma jamoasining yosh yulduzi Lamin Yamal chempionlikni tantana qila turib amalga oshirgan harakat xalqaro siyosiy doirada keskin munosabatga sabab bo‘ldi.
Isroil tashqi ishlar vaziri Isroil Kats futbolchi parad chog‘i Falastin bayrog‘ini namoyish etganini qat’iy qoralab, uni yahudiy xalqiga nisbatan adovat va nafrat qo‘zg‘atishda aybladi. Kats o‘z bayonotida bunday harakat Isroil davlatiga qarshi salbiy kayfiyatni kuchaytirishini ta’kidlab, “Barselona” rahbariyatini sportchining siyosiy qarashiga sherik emasliklarini ochiq bildirish va undan masofa saqlashga chaqirdi.
18 yoshli Laminning o‘zi hozircha vaziyatga izoh bergani yo‘q. Jamoa bosh murabbiyi Xansi Flik esa futbol va siyosat aralashib ketishini yoqtirmasligini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, tantanali tadbir boshlanishidan oldin Yamal bilan tegishli suhbat o‘tkazilgan.
Hujumchi esa bayroq ko‘tarish qarorini o‘z xohishiga ko‘ra, mustaqil ravishda qabul qilgan. Ayni holat ijtimoiy tarmoq va sport jamoatchiligi orasida qizg‘in muhokama qo‘zg‘ab, inson huquqi va sportdagi siyosiy erkinlik borasidagi bahsni yana jonlantirdi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA