Yakkasaroy tumanida jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi
Yakkasaroy tumanidagi Bog‘saroy mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Baxtiyor Islomov boshchiligida tahliliy hamda tanqidiy ruhda yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda hududda jinoyatchilikning oldini olish, mavjud muammolarni bartaraf etish va profilaktika ishlarini yanada kuchaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Tahlillar davomida Bog‘saroy mahallasi jinoyatchilik ko‘rsatkichlari bo‘yicha “sariq hudud” toifasiga tushib qolgani qayd etilib, ushbu holatni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Xususan, mahallada profilaktika tadbirlarini kuchaytirish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, yoshlar bilan tizimli ishlash hamda hamkor tashkilotlar faoliyatini yanada muvofiqlashtirish zarurligi ta’kidlandi.
Yig‘ilish yakunida mas’ul tashkilotlar rahbarlariga hududda jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Sherbek Islomov, O‘zA