Xorazm jurnalistikasining besh yillik faoliyati sarhisob qilindi
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limining navbatdagi umumiy hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi Shuhrat Oripov ishtirok etib, ochib berdi. U o‘z so‘zida milliy jurnalistika rivojiga xorazmlik ko‘p sonli ijodkorlarning ham qo‘shayotgan salmoqli hissalari borasida alohida to‘xtaldi.

Hisobot-saylov yig‘ilishida 2021-2025-yillar davomida uyushmaning viloyati bo‘limi faoliyati to‘g‘risida hisobotlar tinglandi.

Tadbir davomida bo‘lim boshqaruvining yangi tarkibi, taftish komissiyasi raisi va a’zolari, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining navbatdagi Konferensiyasiga delegatlar saylandi. Shuningdek, bo‘limning 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” ham tasdiqlandi.
Yig‘ilishda kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilingach, uyushmaga yangi a’zo bo‘lgan ijodkorlarga a’zolik guvohnomalari tantanali ravishda topshirildi.
Ahmadjon Shokirov, O‘zA