Amir Temur tarixini o‘rganishda yangicha yondashuv (+video)
“9-aprel - Amir Temur tavalludi kuni” munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida mazkur sanaga bag‘ishlangan qator tadbirlar tashkil etildi. Dastlab biroz mushak yozdi mashg‘ulotlaridan so‘ng, yugurish marafoni, so‘ngra badiy qismida o‘tkazilgan anjumanda sohibqiron davrining adabiy muhiti, buyuk sarkarda Amir Temurning jasorati, mamlakatimiz tarixida tutgan o‘rni va ahamiyati haqida so‘z bordi.
Talabalarga so‘nggi yillarda bobokalonimizning bizga qoldirgan ulkan merosi, o‘gitlari, buyuk g‘alabalari haqidagi videofilmlar, ko‘rsatuvlar namoyish qilindi. Temurshunos ustozlarning Amir Temur tarixi va uning vorislari qoldirgan ulkan merosi haqidagi ma’ruzalari ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.
Bundan tashqari, talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini hamda pazandachilik tanlovi tashkil etilib, yoshlarning bilim darajasi, ijodiy yondashuvi va iqtidorlari sinovdan o‘tdi.
Mazkur tashabbuslar yoshlarning har tomonlama kamol topishi, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Albatta bugungi kunda xalqimiz, ayniqsa yoshlarimiz kitoblar, ijtimoiy tarmoqlar orqali Amir Temur va temuriyzoda shahzodalar haqida juda ko‘p ma’lumotga ega. Biroq ana shunday jonli muloqotlar, savol-javoblar tarixni yanada chuqurroq o‘rganishga, yoshlarda Vatanparvarlik hislarini kuchaytirishga xizmat qiladi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Wv1_YBeavek" title="Amir Temur tarixini o‘rganishda yangicha yondoshuv" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA