Xokkeychilar play-off bosqichida
FOTORЕPORTAJ
Kecha poytaxtimizdagi “Ice City” majmuasida xokkey boʻyicha Oʻzbekiston chempionatining pley-off bosqichi start oldi.Birinchi boʻlib muz ustiga “Toshkent” va “Binokor” xokkeychilari tushib keldi. Keskin va juda qiziqarli tus olgan uchrashuvda 1:5 hisobi qayd etildi.
Jamoalar pley-off bosqichida 3 marotaba gʻalaba qozongunga qadar uchrashadi. Ertaga “Semurgʻ” va “Xumo” jamoalari uchrashuvi soat 12:00 da boʻlib oʻtadi.

