Sohibqiron haqida yangi kitoblar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi qarori ijrosini ta’minlash va Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini nishonlash yuzasidan yurtimizda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu kunlarda Temuriylar tarixi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Komiljon Sultonov tomonidan tayyorlangan yangi asarlar nashrdan chiqdi.
“Milliy o‘zlikni anglashda Amir Temur fenomeni va uning tarixiy tahlili” monografiyasi chop etilgan. Ushbu monografiyada Sohibqiron Amir Temur fenomeni, uning ma’naviyati, xususan axloqiy fazilatlariga oid masalalar yanada to‘ldirilib, ilk bor Sohibqironning ma’naviy-ma’rifiy qarashlarida diniy e’tiqod va bag‘rikenglik masalasi ham keng tahlil etilgan.

“Amir Temur Ikkinchi Sharq Renessansi bunyodkori” (O‘quv qo‘llanma) "Oltin meros press" nashriyotida Ahmadjon Beknazarov hammuallifligida nashrdan chiqdi.
Mazkur o‘quv qo‘llanmada Sohibqiron Amir Temurning hayot yo‘llaridagi ibratli ishlari, donishmandligi va bunyodkorligi aks etgan rivoyat va hikoyalar jamlanib, yangi ma’lumot va izohlar (tafsir, sharh) asosida to‘ldirildi.
Monografiya va o‘quv qo‘llanma oliy harbiy va ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda keng kitobxonlar uchun mo‘ljallangan.
N.Usmonova,
O‘zA