Xatirchida tabiat bag‘ridagi so‘lim maskan
FOTOREPORTAJ
Navoiy viloyati Xatirchi tumanida aholi va mehmonlar uchun zamonaviy dam olish sharoitlarini yaratish, hududning turistik salohiyatini oshirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Shunday maskanlardan biri — «Sohil bo‘yi» dam olish maskani bugun tuman aholisi va tashrif buyuruvchilarning sevimli hordiqgohlaridan biriga aylanib bormoqda. Bu yerda tabiat qo‘ynida mazmunli dam olish uchun zarur sharoitlar yaratilgan. So‘lim manzara, musaffo havo va suv bo‘yidagi xushmanzara muhit maskanga tashrif buyuruvchilarga hordiq chiqarish imkonini bermoqda.
«Sohil bo‘yi» dam olish maskanining tashkil etilgani aholining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun qulay imkoniyat yaratish bilan birga, Xatirchi tumanining turistik jozibadorligini oshirishga ham xizmat qilmoqda.
[gallery-31654]
Ayni paytda tumandagi tabiiy va tarixiy ob’ektlar bilan bir qatorda zamonaviy dam olish maskanlarining tashkil etilayotgani hududning turistik imkoniyatlarini yanada kengaytirmoqda.
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA