Viloyat hokimi fuqarolar huzurida
Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimov Bog‘ot tumanida navbatdagi sayyor qabulni o‘tkazdi.
Qabulda viloyatimizning turli hududlaridan kelgan fuqaroning sog‘liqni saqlash, ishga joylashish, uy-joy, moddiy yordam, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish kabi qator ijtimoiy-maishiy masalalar yuzasidan talab va takliflari, ariza va shikoyatlari o‘rganildi.


Murojaatlarning bir qismi joyida hal qilindi. Yechimi ma’lum vaqt va o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Ahmadjon Shokirov,
O‘zA muxbiri