Xalqaro gimnastika federatsiyasi prezidenti Toshkentga keldi
Avval xabar berganimizdek, poytaxtimiz 10–12-aprel kunlari badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogi bosqichiga mezbonlik qiladi. Unda dunyoning 40 ga yaqin davlatidan 162 nafar gimnastikachi ishtirok etishi kutilmoqda.
Bugun, 9-aprel kuni mazkur nufuzli musobaqa oldidan uning faxriy mehmoni, Xalqaro gimnastika federatsiyasi prezidenti Morinari Vatanabe yurtimizga tashrif buyurdi. Martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Sport vazirligi hamda O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati tantanali kutib oldi.


Ma’lumot uchun, ushbu jahon kubogining ochilish marosimi 10-aprel kuni soat 18:20 da boshlanadi. Shu kuni musobaqaning yakkalik mashqlarida halqa, to‘p, bulava va tasma bo‘yicha ilk bellashuvlar o‘tkazilsa, guruh mashqlarida "A" va "B" guruhlarida 5 ta to‘p bo‘yicha bahslar tashkil etiladi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA