Videoroliklarda islohot qahramonlari (+video)
Jurnalistika janrlariga zamonaviy texnologiya tuzatish, qo‘shimcha va yangilik ham kiritmoqda. Ularning biri videoroliklardir. Oniy vaqt ichida bir inson umri yoki asrlar tarixi, buyuk voqelik kabi hodisalarni aks ettirish mumkin unda. O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yonimizdagi qahramonlar” va “Sharafli yo‘l” shiori ostida videoroliklar tanlovini e’lon qilgan edi. Unga 31 ta muallifning 47 ta ijodiy ishi kelib tushdi. Ularda har kuni ko‘z o‘ngimizda mehnat qilayotgan, ammo fidoyiligi doimo ham keng e’tirof etilmaydigan insonlarning ibratli hayoti aks ettirilgan.
Darhaqiqat, bugungi mediamakonda videokontentning ta’sir kuchi tobora ortib bormoqda. Biroq texnik imkoniyatning o‘zi yetarli emas. Unda inson taqdiri, hayotiy haqiqat, samimiyat va jurnalistning o‘z qahramoniga munosabati uyg‘un bo‘lsagina, videorolik tomoshabinga ta’sir qiladi.
Shu ma’noda, «Yonimizdagi qahramonlar» va «Sharafli yo‘l» tanlovi nafaqat ijodiy bellashuv, balki inson qadrini ulug‘lash, mehnatni e’zozlash va hayotdagi haqiqiy qahramonlarni keng jamoatchilikka tanitishga qaratilgan muhim tashabbus bo‘ldi.
[gallery-31107]
Bugun g‘oliblar taqdirlandi. Ular orasida ommaviy axborot vositalari, erkin ijodkorlar, axborot xizmati xodimlari va blogerlar bor edi.
– Bugun yangi nomlar kashf qilindi, yangi qiyofalar, yangi ijodkorlarni yonimizda ko‘rdik, – deydi Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasi direktori Ibrohimjon Halimbekov. – Biz taklif berdikki, mana shu ijodiy ishlarni Farg‘ona viloyat teleradiokanaliga, boshqa elektron ommaviy axborot vositalariga yoki ijtimoiy tarmoqlarga birgalikda joylashimiz kerak. Chunki xalq uni ko‘rishi lozim. Shu nuqtai nazardan, bugun ijodiy tanlovga taqdim etilgan va bundan keyin ham tayyorlanadigan videoroliklarni bizga berishlarini so‘radik. Bu O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni turli xil qarashlarda xalqimizga namoyish qilish imkonini beradi.
Anjuman yakunida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi safiga yangidan qo‘shilgan 12 nafar ijodkorlarga ko‘krak nishoni va a’zolik guvohnomalari topshirildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/X6vxNdfCjeQ" title="Videorliklarda islohot qahramonlari" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov (video, surat), O‘zA