Urgançda talabalar uçun yangi sport majmuasi va futbol maydoni işga tuşdi
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universitetida talaba-yoşlarning sport bilan muntazam şuğullanişlari uçun zamonaviy şart-şaroitlar yaratiş, sport infratuzilmasini rivojlantiriş maqsadida barpo etilgan 400 örinli yangi sport majmuasi hamda futbol maydonining tantanali oçiliş marosimi ötkazildi.
Tantanali tadbirda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi birinçi vitse-prezidenti, FIFA qömitasi raisi örinbosari Ravşan Ermatov, Xorazm viloyati viloyati hokimi örinbosari Şerzod Berdiyev, bir guruh sport vakillari, universitet rahbariyati, professor-öqituvçilari hamda talaba-yoşlar iştirok etdi.

Tantanali marosimda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi birinçi vitse-prezidenti, FIFA qömitasi raisi örinbosari Ravşan Ermatov sözga çiqib, mamlakatimizda futbolni rivojlantiriş, yoşlar örtasida sportga bölgan qiziqişni yanada oşiriş yölida mazkur yangi barpo etilgan sport inşootlari talaba-yoşlarning professional sport sari intilişlarini qöllab-quvvatlaş va sport mahoratini takomillaştirişda muhim ahamiyat kasb etişini taʼkidladi. Universitet talabalarini yangi sport majmuasi bilan samimiy qutladi.

Şundan söng, musiqa sadolari ostida ramziy tasma kesildi.

Mehmonlar va tadbir iştirokçilari foydalanişga topşirilgan yangi sport majmuasida yaratilgan şart-şaroitlar bilan yaqindan tanişdilar.

– Universitetimizda sport sohasini rivojlantiriş, talaba-yoşlarning jismoniy salohiyatini yuksaltiriş va ular uçun zamonaviy infratuzilma yaratiş ustuvor vazifalardan biridir, – deydi universitet rektori Feruza Madrahimova. – Biz nafaqat sport yönalişidagi, balki barça yönalişlarda tahsil olayotgan talabalarimizning jismoniy madaniyatini oşirib borişimiz kerak. Şu fursatdan foydalanib, majmuani va futbol maydonini barpo etişda iştirok etgan quruvçi-meʼmorlarga hamda bugungi taşrif uçun barça mehmonlarga öz minnatdorçiligimni bildiraman.

Majmua bilan tanişuv davomida mehmonlarga futbol böyiça nazariy bilimlarni özlaştirişga möljallangan öquv xonalari, sportçilar uçun yaratilgan qulayliklar, kiyiniş, tibbiyot, sanitariya-gigiyena xonalari ham namoyiş etildi.
Ahmadjon Şokirov,
ÖzA muxbiri