Suv resurslaridan oqilona foydalaniş: Özbekistonning 2050-yilgaça bölgan taraqqiyot ustuvorliklari belgilanmoqda
Suv resurslaridan oqilona foydalaniş, ularni muhofaza qiliş va aholi ehtiyojini sifatli içimlik suvi bilan taʼminlaş mamlakatning barqaror taraqqiyotida muhim örin tutadi. Bu vazifalarni samarali hal etiş esa nafaqat bugungi ehtiyojlarni, balki kelgusi avlodlar manfaatlarini ham hisobga olgan holda uzoq muddatli strategik yondaşuvni taqozo etadi.
Şu maqsadda Özbekistonda suv xöjaligi, ekologiya, suv taʼminoti va oqova suv xizmati sohalarini 2050-yilga qadar rivojlantirişga qaratilgan “Özbekiston Respublikasida suv resurslaridan oqilona foydalaniş va atrof-muhitni muhofaza qilişning 2027-2050-yillarga möljallangan milliy konsepsiyasi” işlab çiqilmoqda.

Mazkur hujjat M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Matematik tadqiqotlar va murakkab tizimlarni örganiş instituti Strategik tadqiqotlar markazi rahbari, akademik Vladimir Lvoviç Kvint boşçiligidagi professor-olimlar va xalqaro ekspertlar guruhi tomonidan tayyorlandi.

Ekspertlar guruhining strategik hujjatlarni işlab çiqiş, mamlakatlar va alohida tarmoqlarning uzoq muddatli rivojlaniş yönalişlarini belgilaş borasidagi tajribasi Konsepsiyaning ilmiy-metodologik asoslarini şakllantirişda muhim ahamiyat kasb etdi.

2025-yil oktabr oyida boşlangan iş jarayonida mamlakatning uzoq muddatli taraqqiyotiga xizmat qiluvçi 9 ta kontur, 43 ta ustuvor yönaliş, 140 ta maqsad va 455 ta vazifa şakllantirildi. Bu esa hujjat qamrovi va belgilangan vazifalar kölamini namoyon etadi.

“Özsuvtaʼminot” AJ boşqaruvi raisining birinçi örinbosari vazifasini vaqtinça bajaruvçi Islom Abdullayevning taʼkidlaşiça, mazkur Konsepsiyada içimlik suvi taʼminoti va oqova suv xizmatlari sohalarini uzoq muddatli rivojlantiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan. Bu esa sohadagi mavjud vazifalarni tizimli hal etiş, infratuzilmani takomillaştiriş va aholiga körsatilayotgan xizmatlar sifatini oşirişning istiqbolli yönalişlarini belgilaşda muhim ahamiyatga ega.

Bugun ötkazilayotgan uçraşuvda işlab çiqilgan Milliy konsepsiya loyihasi xorijiy ekspertlar guruhi tomonidan Suv xöjaligi vazirligi, Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi hamda “Özsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyati vakillariga taqdim etilmoqda.

Mazkur Konsepsiya suv resurslaridan oqilona foydalaniş, atrof-muhitni muhofaza qiliş, içimlik suvi taʼminoti va oqova suv xizmatlari sohalarining uzoq muddatli rivojlaniş yönalişlarini belgilaşga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Nilufar Bozorova, ÖzA