Uch tennischimiz «Presidentʼs Cup» turnirini g‘alaba bilan boshladi
Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan Qozog‘istonda erkaklar o‘rtasida «Presidentʼs Cup» turnirining yakkalik bahslari start oldi.
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Humoyun Sultonov yakkalik bahslarining ilk bosqichida gruziyalik Zura Tkemaladzeni 6:1, 6:2 hisobida yenggan bo‘lsa, yana bir tennischimiz Sergey Fomin polshalik Filip Pelivoni 6:3 va 7:6 hisobida yengdi. Shu tariqa, ikkinchi davrada Humoyun va Sergey o‘zaro raqobatlashadigan bo‘ldi.

Ayollar o‘rtasidagi «W35» toifasida o‘tayotgan musobaqalarning ilk bosqichida Nigina Abduraimova neytral tennischi Polina Leykinani 7:6, 7:5 hisobida yengdi va chorak final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda neytral tennischi Yekaterina Xayrutdinovaga qarshi kortga chiqаdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA