Tuxel Angliya terma jamoasidan muddatidan oldin bo'shatilishi mumkin edi
Angliya yarim finalda Argentinaga (1:2) mag'lub bo'lgan bo'lsa-da, murabbiyning ishdan bo'shatilishi amrimahol.
Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) agar jamoa JCH—2026ning chorak finaliga qadar chiqa olmaganida, bosh murabbiy Tomas Tuxel bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilishi mumkin edi. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.
Shu bilan birga, shartnomasi 2028-yilgacha mo'ljallangan germaniyalik mutaxassisga bunday holatda tovon puli to'lanishi ko'zda tutilgandi.
Shartnomaning boshqa tafsilotlari:
Tuxelning o'zi ham klub futboliga qaytish istagida shartnomani muddatidan oldin bekor qilishi mumkin. Biroq bu vaziyatda u FA'ga tovon puli to'lashi kerak bo'ladi.
Angliya yarim finalda Argentinaga (1:2) mag'lub bo'lgan bo'lsa-da, murabbiyning ishdan bo'shatilishi amrimahol. Tuxel jamoani Yevro—2028 musobaqasiga tayyorlashi kutilmoqda.
Angliya terma jamoasi 3-o'rin uchun bahsda Fransiyaga qarshi maydonga tushadi. O'yin 19-iyul kuni Mayamidagi "Hard Rok" stadionida bo'lib o'tadi.