Toshkentdagi Chingiz Aytmatov koʻchasi boʻylab fotosayohat
Biz saytimiz orqali poytaxtimizning dunyoga mashhur davlat arboblari, olim va faylasuflar, fidoyi insonlar sharafiga nomlangan koʻchalari haqida maʼlumot bergan edik.
Biz saytimiz orqali poytaxtimizning dunyoga mashhur davlat arboblari, olim va faylasuflar, fidoyi insonlar sharafiga nomlangan koʻchalari haqida maʼlumot bergan edik. Navbatdagi fotosayohatimiz Yunusobod tumanidagi markaziy koʻchalardan biriga uyushtirildi.
Mazkur koʻchaga qirgʻiz xalqining buyuk yozuvchisi va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov nomi berilgan boʻlib, ushbu manzilda uning xotirasiga atab yodgorlik – barelyef oʻrnatilgan. Prezidentimizning 2018-yil 2-apreldagi “Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida bunyod etilgan yodgorlikning ochilish marosimi oʻsha yilning dekabrida keng omma ishtirokida oʻtkazilgan.
Buyuk maʼrifatparvar adib nafaqat qirgʻiz xalqi, balki barcha turkiy mamlakatlar, jumladan oʻzbek xalqi uchun ham aziz va qadrli siymodir. Adibning qariyb barcha asarlari oʻzbek tilida nashr etilgan. Uning “Asrga tatigulik kun”, “Jamila”, “Sarvqomat dilbarim”, “Boʻtakoʻz”, “Birinchi muallim”, “Momo yer”, “Somon yoʻli”, “Alvido Gulsari” kabi koʻplab asarlari kitobxonlarning yuksak eʼtirofiga sazovor boʻlgan.




