Toshkentda Xalqaro Ona-Yer kuni nishonlandi (+video)
Toshkentda 22-aprel – Xalqaro Ona-Yer kuni munosabati bilan keng qamrovli ekologik targ‘ibot tadbiri tashkil qilindi.
Poytaxtimizdagi Planetariy faqat ilm maskani emas, balki atrof-muhitni asrash g‘oyasi ilgari surilgan faol maydonga aylandi. Tadbir turli yoshdagi ishtirokchilar – bolalar, ota-onalar, pedagoglar va soha mutaxassislarini bir joyga jamladi.
Ilk bor 2009-yil BMT tomonidan rasman e’lon qilingan Xalqaro Ona-Yer kuni insoniyatning tabiat oldidagi mas’uliyatini eslatuvchi muhim ramziy sana sifatida muntazam nishonlab kelinadi.
Bu gal ekologik ongni shakllantirish, jamiyatni tabiatga nisbatan ehtiyotkor munosabatga chorlash asosiy g‘oya tarzida tanlandi.
Anjuman davomida ishtirokchilar uchun inter faol mashg‘ulot tashkil qilindi, ekologik viktorina hamda ijodiy chiqishlar namoyish etildi. Shuningdek, “Yer uchun bir daqiqa” tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblar taqdirlandi.
Ayniqsa, bolajonlar chiqishi, raqs dasturi barchaga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi.
Kunni yakunlab bergan daraxt ekish aksiyasi esa shaharning “yashil kelajagi”ga qo‘shilgan amaliy hissa bo‘ldi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/c4soRtu1TZs?si=gEg72dbEnlnTm-2c" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>F.Yaxshiboyeva,
S.Obidjonov (videomuhandis), O‘zA