Toshkentda urbanizatsiya, kadastr va geodeziya sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliygoh faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
Fevral oyida Prezidentimiz kreativ iqtisodiyot uchun soliq va boshqa bir qator imtiyozlarni nazarda tutuvchi alohida qarorni imzoladi.
Mutasaddilarga mazkur yo‘nalishda arxitektor, loyihachi va urbanistika sohasi uchun birinchi kreativ parkni Toshkent shahrida tashkil qilish topshirildi. Bunday kreativ parklarni hududlarda ham barpo etish ishlarini boshlash vazifasi qo‘yildi.
Bundan tashqari, Toshkentda yangi o‘quv yilidan urbanizatsiya, kadastr va geodeziya sohasida kadrlar tayyorlaydigan, o‘zini o‘zi moliyalashtiruvchi oliygoh faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu yerda o‘rta bo‘g‘in kadrlari uchun texnikum ham bo‘ladi.
Yig‘ilishda Prezidentimiz soha va hududlar rahbarlarining hisobotlarini tingladi. Qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning taklif va tashabbuslari eshitildi.
O‘zA