To‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi oshmoqda
FOTOREPORTAJ
Yangi Namangan tumanida faoliyat yuritayotgan “Asadbek Isoxon Sanoat Tekstil” korxonasi to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishidagi korxonalardan biri hisoblanadi.
2015-yilda tashkil etilgan korxonada bugungi kunda 15 nafar kishi doimiy ish bilan ta’minlangan. Bu yerda kostyum va shimlar uchun maxsus qoplar ishlab chiqarilib, mahsulotlar ichki bozorga yetkazib berilmoqda.
Korxonada mahsulot sifatiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish hisobiga mahsulot turlarini kengaytirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
[gallery-29781]
Ma’lum qilinishicha, 2025-yilda 500 million so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkichni 600 million so‘mga yetkazish rejalashtirilgan.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA