Tibbiyot xodimlari “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida bellashdi
FOTOREPORTAJ
Navoiy shahrida tibbiyot xodimlari o‘rtasida “Sog‘lom tanda – sifatli tibbiyot” shiori ostida “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi” sport musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari J. Xo‘jayev hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Navoiy viloyati Kengashi raisi N. Tog‘ayeva ishtirok etib, musobaqa qatnashchilariga omad tiladi.
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan musobaqaning quyi bosqichlarida 10 ming 285 nafar tibbiyot xodimi qatnashdi. Tuman va shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 518 nafar ishtirokchi voleybol, futbol, stol tennisi, shaxmat va shashka sport turlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi.
[gallery-29034]
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Qiziltepa tumani tibbiyot birlashmasi jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi” sohibi bo‘ldi.
G‘olib jamoaga 30 million so‘mlik sertifikat topshirildi. Shuningdek, barcha g‘olib va faol ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA