Termiz tumanida yoshlar festivali o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Yurtimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
Shu maqsadda Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi “Marvarid” dam olish maskanida “Yoshlar festivali” o‘tkazildi.
Festival doirasida turli sport musobaqalari, madaniy tadbirlar, “Zakovat” intellektual o‘yini hamda osh tanlovlari tashkil etildi. Shuningdek, aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va yoshlarda kitob o‘qishga qiziqishni oshirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazildi.
Ko‘rgazma maydonlarida tumanlarning o‘ziga xos urf-odatlari, hunarmandchilik namunalari va milliy an’analari namoyish etildi. Osh saylida xalqimizning mehmondo‘stlik va hamjihatlik fazilatlari o‘z ifodasini topdi. Milliy liboslar ko‘rgazmasi orqali yoshlar ajdodlardan meros bo‘lib kelayotgan qadriyatlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.
[gallery-28527]
Mazkur tadbir yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning sport, san’at, kitobxonlik hamda milliy qadriyatlarga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qildi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA