Tatariston delegatsiyasi Farg‘onada
Farg‘ona kechagina “Markaziy Osiyo va Ozarbayjon do‘stlik forumi” ga mezbonlik qilgan edi. Ortidan Xitoy, Turkiya va afg‘onistonlik tadbirkorlar delegatsiyalari kelishdi.
Mana endi Tatariston Respublikasidan tashrif buyurgan 140 nafardan iborat delegatsiya a’zolarini kutib oldi farg‘onaliklar.


Ular viloyat hokimi o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov hamrohligida Rishton tumanidagi Xalqaro kulolchilik markazida, shuningdek, taniqli usta kulollar — Alisher Nazirov va Rustam Usmonovlarning uy-muzeylarida bo‘lishdi. U yerda namoyish etilgan noyob kulolchilik asarlari mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.


Rishton kulolchilik san’ati nafaqat milliy meros, balki xalqaro miqyosda e’tirof etilgan noyob madaniy boylik sifatida yana bir bor mehmonlar e’tibor markazida bo‘ldi.


Bunday uchrashuvlar xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlab, madaniy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
Muhammadjon Obidov, O‘zA