Tashqi savdo aylanmasida eksport geografiyasi kengaydi
Andijon viloyati statistika boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-fevral oylari davomida Andijon viloyatining tashqi savdo aylanmasi 697,4 million AQSH dollarni tashkil etib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15,5 foizga ortgan.
Andijon viloyatida jahonning yuzga yaqin mamlakat bilan savdo aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Viloyat tashqi savdo aylanmasining salmoqli qismi Xitoy Xalq Respublikasi (210,9 million dollar), Koreya Respublikasi (175,0 million dollar), Rossiya Federatsiyasi (112,0 million dollar), Qirg‘iz Respublikasi (35,4 million dollar), Braziliya davlati (19,7 million dollar), Afg‘oniston (19,4 million dollar), Qozog‘iston Respublikasi (15,3 million dollar), AQSH (15,1 million dollar), Belorus (9,1 million dollar), Meksika davlati (8,8 million dollar) hissasiga to‘g‘ri keldi.
Joriy yilda Andijonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar eksport geografiyasi kengayib, 10 ga yaqin yangi davlatlar qo‘shildi.
Faxriddin Ubaydullayev, O‘zA muxbiri.