Taʼlim sifati va ilmiy salohiyatni oşiriş – dolzarb masala
Taʼlim tizimini isloh qiliş, pedagog kadrlar tayyorlaş sifatini yangi bosqiçga olib çiqiş, oliy taʼlim muassasalarining ilmiy va innovatsion salohiyatini yuksaltiriş davlat siyosatida ustuvor yönalişlardan biri hisoblanadi. Prezidentimiz taşabbusi bilan taʼlim sohasida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar esa bu borada har bir oliy taʼlim muassasasining zimmasiga alohida masʼuliyat yuklamoqda.
Şu maqsadda Taʼlim va ilm-fan vaziri örinbosari Sanjar Mirzaliyev Buxoro davlat pedagogika institutiga taşrif buyurib, muassasadagi taʼlim jarayonlari, yaratilgan şart-şaroitlar hamda ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan yaqindan tanişdi.
Dastlab institutning zamonaviy öquv binolari, dars auditoriyalari, axborot-resurs markazi va laboratoriyalar faoliyati közdan keçirildi. Talabalarning sifatli taʼlim olişi, nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlaşi uçun yaratilgan imkoniyatlarga eʼtibor qaratildi.
Şuningdek, öquv maşğulotlari jarayoni kuzatilib, yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar örganildi.

Taşrif doirasidagi muloqotlarda taʼlim sifatini yanada oşiriş, öquv jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion yondaşuvlarni keng joriy etiş, ilmiy-tadqiqot işlarining samaradorligini kuçaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Zero, bugun pedagogika oliygohlari faqat nazariy bilim beruvçi muassasa emas, balki zamon talablariga javob beradigan, mustaqil fikrlaydigan, kasbiy mahorati yuksak va raqobatbardoş pedagoglarni tayyorlaydigan muhim intellektual maskan bölişi lozim. Bu esa taʼlim mazmunini muntazam takomillaştiriş, professor-öqituvçilar salohiyatidan samarali foydalaniş va ilm-fan bilan taʼlim integratsiyasini mustahkamlaşni taqozo etadi.

Uçraşuv yakunida institut faoliyatini yanada takomillaştiriş, belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlaş yuzasidan tegişli tavsiya va körsatmalar berildi.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri