Davlat tomonidan ajratilayotgan yordam ehtiyojmand oilalarga töğri yönaltirilyaptimi?
Ijtimoiy himoya — hayotning oğir sinovlari qarşisida yolğiz qolgan inson uçun davlat tomonidan taqdim etiladigan imtiyoz, ertangi kunga işonç, imkoniyati çeklangan fuqaroga suyanç böliş demak. Zero, jamiyatning taraqqiyoti faqat iqtisodiy körsatkiçlar bilan emas, balki uning eng zaif qatlamiga qançalik ğamxörlik körsata olişi bilan ham ölçanadi.
Mamlakatimizda Ijtimoiy himoya milliy agentligi faoliyati yölga qöyilgan, ijtimoiy yordamda manzillilik va samaradorlikka erişiş uçun barça çora-tadbirlar işlab çiqilgan.
Xöş, ötgan 9 oy davomida Agentlik tomonidan qanday amaliy işlar qilindi? Davlat tomonidan ajratilayotgan yordam haqiqatan ham ehtiyojmand oilalarga yönaltirilyaptimi?
Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmati rahbari Dilföza Rözmetova tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga köra, respublikadagi 208 ta tuman va şaharda faoliyat yuritayotgan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda mahallalardagi ijtimoiy xodimlar orqali 140 turdagi ijtimoiy xizmat va yordam aholiga yaqinlaştirilgan. Bu esa fuqarolarning mavjud muammolarini yaşaş joyining özida aniqlaş, ehtiyojlarini baholaş va zarur yordamni öz vaqtida taşkil etiş imkonini bermoqda. Şuningdek, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” va “Kambağal oilalar reyestri” birlaştirilib, yagona “Ijtimoiy reyestr” tizimi joriy etilgan.
Yangi tizim orqali oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati 85 ta mezon asosida baholanmoqda. Bu davlat tomonidan ajratilayotgan yordamni haqiqatan ham ehtiyojmand oilalarga yönaltiriş, ularning muammolarini çuqur örganiş va individual qöllab-quvvatlaş çoralarini belgilaşga xizmat qilmoqda. 2026-yil 1-oktabr holatiga köra, “Ijtimoiy reyestr”ga 530 mingta oila, yaʼni 2,2 million nafar aholi kiritilgan. Körsatilgan ijtimoiy xizmatlar va qöllab-quvvatlaş çoralari natijasida 26,5 mingta oilaning daromadi 1,5 baravarga oşgan.
Qayd etilişiça, ehtiyojmand oilalarga qariyb 426 mingta bolalar nafaqasi va 563 mingta elektr energiyasi hamda tabiiy gaz uçun kompensatsiya tölab berilgan. Şuningdek, 16,3 mingta oilaga 318,2 milliard sömlik foizsiz kredit ajratilgan, 3 ming nafar yoşning taʼlim kontrakti tölab berilgan.
Bugungi kunda respublika böyiça 1,1 million nafar nogironligi bölgan şaxs hisobga olingan. Hisobot davrida nogironlikni belgilaş tartibi soddalaştirilib, yagona standart joriy etildi. Endi fuqarolar my.gov.uz portali, mahalladagi oilaviy şifokor yoki ijtimoiy xodim orqali murojaat qiliş imkoniyatiga ega.
Yangi tartibga muvofiq, barça kasalliklar uçun bir xil 120 kunlik davolaniş muddati talab etilmaydi. Kasallikning xususiyatidan kelib çiqib, 30, 60, 90 yoki 120 kunlik muddat belgilanadi. Şuningdek, nogironlik belgilanadigan kasalliklar röyxati kengaytirilib, qöşimça 21 ta kasallik böyiça nogironlik belgilaş, 30 ta kasallik böyiça esa muddatsiz nogironlik belgilaş tartibi joriy etildi. Natijada yangi standart asosida 267,3 ming nafar şaxsga nogironlik belgilandi. 77,3 ming nafar şaxs protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan taʼminlandi. 83 ming nafar nogironligi bölgan şaxsning bandligi taʼminlandi.
Nogironligi bölgan bolalarni qöllab-quvvatlaş borasida ham yangi xizmatlar yölga qöyildi. Xususan, 3 yoşgaça bölgan bolalar uçun “Erta aralaşuv”, 3 yoşdan 18 yoşgaça bölgan bolalar uçun “Kunduzgi parvariş” xizmatlari taşkil etildi. “Kunduzgi parvariş” xizmati orqali 6,7 ming nafar bola qamrab olingan bölsa, “Erta aralaşuv” xizmati doirasida 1,7 ming nafar bolaga vauçer şakllantirildi. Bu xizmatlar bolalarning rivojlanişini qöllab-quvvatlaş bilan birga, ularning ota-onalariga ham psixologik va amaliy yordam körsatişga qaratilgan. Şuningdek, aqliy zaiflik yoki demensiya taşxisi bölgan şaxslar uçun “Yangi kun” kunduzgi qarab turiş xizmati joriy etilgan.
Joriy yilda 1 ming 486 ta maktabda inklyuziv taʼlim, 3 ming 950 ta inklyuziv sinf taşkil etildi. Ularda 5,8 ming nafar bola tahsil olmoqda. Bundan taşqari, 1 ming 158 ta maktabda korreksion resurs xonalari taşkil etildi. Respublika böyiça inklyuziv taʼlim taşkil etilgan maktablar soni 3 ming 774 taga, inklyuziv sinflar 8 ming 324 taga yetdi. Inklyuziv taʼlim bilan qamrab olingan öquvçilar soni esa 11,7 ming nafarni taşkil etmoqda. Yana bir muhim natija — uyda taʼlim olayotgan 17,1 ming nafar öquvçidan 2,2 ming nafari umumtaʼlim maktablarining odatiy sinflariga qaytarildi. Bu bolalarning taʼlim oliş imkoniyatlarini kengaytiriş, ularning ijtimoiylaşuvi va tengdoşlari bilan muloqotini rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
55,4 ming nafar katta yoşli şaxsga 227,2 milliard sömlik vauçerlar asosida beş turdagi ijtimoiy xizmat körsatilgan. Jumladan, uyda ijtimoiy-maişiy yordam, uyda qarab turiş, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya, kunduzgi qarab turiş va şaxsiy yordamçi xizmatlari taşkil etilgan. Körsatilgan xizmatlar natijasida 28,6 ming nafar şaxsning holati yaxşilanib, ular tegişli reyestrdan çiqarilgan.
Ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning huquqlarini taʼminlaş, ularni uy-joy, taʼlim va bandlik bilan boğliq masalalarda qöllab-quvvatlaş borasida ham tizimli işlar olib borilmoqda. Respublikada 84,8 ming nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj bola hisobga olingan. 192,2 milliard söm mablağ hisobidan yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar uçun 609 ta uy-joy xarid qilindi. Şuningdek, 527 nafar bola oliy taʼlim muassasalariga imtiyozli tartibda qabul qilingan.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA