«Talabalar ligasi» musobaqasiga start berildi
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida tashkil etilayotgan «Talabalar ligasi» musobaqasiga bag‘ishlangan yig‘ilish va qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqa davlatimiz rahbarining “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilmoqda.
[gallery-28878]
Tadbirda oliy ta’lim muassasalari sport jamoalari rahbarlari ishtirok etib, musobaqa nizomi, qoidalari, saralash bosqichlari, jamoalarni guruhlarga ajratish tartibi, hakamlik masalalari, shuningdek, uchrashuvlar o‘tkaziladigan sport inshootlari va muddatlari yuzasidan ma’lumot berildi.
Ma’lum qilinishicha, musobaqa bahslari joriy yilning 20-aprel kuni boshlanib, 1-mayga qadar davom etadi. Turnirda 66 ta jamoa saralash va guruh bosqichlarida ishtirok etadi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA