Taekvondochilar mamlakat kubogida saralanmoqda
Nukus shahrida taekvondo WT bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi “O‘zbekiston kubogi”da mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan yosh taekvondochilar raqobatlashmoqda.
Musobaqaning ikkinchi kunida o‘smirlar o‘rtasida bir qator vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlandi. Jumladan, yigitlar o‘rtasida -37 kilogramm vazn toifasida Bekzod Yo‘ldoshev g‘olib bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin esa Azizbek Abdusamatovga nasib etgan bo‘lsa, Nurbol Jubandikov va Amirxon Fayzulloyev kuchli uchlikdan joy oldi.

Shuningdek, o‘z vazn toifalarida Elshod Adhamov, Habibulloh Mahamatov, Iroda Zokirova, Ruxshona Erkinova, Emili Li, E’zoza Shuhratova hamda Hanifa Soipova musobaqa g‘olibiga aylandi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA