Tabiat bolalar nigohida
Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan islohotlar doirasida bolalarda ekologik madaniyatni shakllantirish, ularni tabiatga mehr va e’tibor ruhida tarbiyalash ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan.
Ana shu maqsadlardan kelib chiqib, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Tabiat bolalar nigohida” rasmlar tanlovining Navoiy viloyati bosqichi o‘tkazildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘ringa o‘g‘il bolalar o‘rtasida Navbahor tumanidagi 14-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Zafar Akramov va qiz bolalar o‘rtasida esa Navoiy shahridagi 33-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Mubina Hasanova loyiq deb topildi.


G‘olib va sovrindorlar viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan diplom, tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
A. Bo‘riyev, O‘zA