Mehr va e’tibor — barcha uchun barobar!
Poytaxtimizdagi “Temiryo‘lchilar” madaniyat saroyida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lash” shiori ostida bayram tadbiri va alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar tomonidan chizilgan rasmlar yarmarkasi tashkil etildi.
Unda vazirlik markaziy apparati, tizim tashkilotlari mas’ullari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova alohida ehtiyojli bolalarning bilim olishi, ularni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli ishlar olib borilayotganini ta’kidladi.
Tadbirda sohadagi ijobiy o‘zgarishlar, inklyuziv ta’lim yo‘nalishida olib borilayotgan amaliy chora-tadbirlar hamda kelgusi rejalar haqida batafsil so‘z yuritildi.
Sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar hamda raqslarga boy bo‘lgan badiiy dastur tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
[gallery-28703]
Shuningdek, inklyuziv ta’lim va uy ta’limida tahsil olayotgan o‘quvchilar tomonidan chizilgan rasmlar yarmarkasi va autsion ham bo‘lib o‘tdi.
Unda o‘quvchilarning ijod namunalari saxovatli yurtdoshlarimiz tomonidan xarid qilindi.
N.Usmonova,
N.Haydarov (surat),
O‘zA muxbirlari